LOOM
Dizayn yaratish

Yordam

Qancha vaqtda yetkazasiz?

Toshkentda ishlab chiqarishdan keyin 2–4 ish kuni, yetkazish 30 000 so‘m. Viloyatlarga muddat va narx buyurtmani tasdiqlashda aytiladi.

Qanday to‘layman?

Buyurtmani oldindan, to‘liq to‘laysiz: LOOM kartasiga o‘tkazma. Karta raqami va aniq summa to‘lov sahifasida chiqadi. 30 daqiqa ichida o‘tkazib, chek skrinshotini yuklaysiz — chek majburiy. Payme, Click va Uzum Bank tez orada.

To‘lov qachon tasdiqlanadi?

Xodimimiz chekni qo‘lda tekshiradi: ish vaqtida (9:00–21:00) 30 daqiqa ichida. Natija Telegramga keladi; ishlab chiqarish faqat tasdiqdan keyin boshlanadi.

30 daqiqada ulgurmasam-chi?

5 daqiqa qolganda Telegramga eslatma keladi. Vaqt tugasa, buyurtma bekor bo‘ladi. Pulni o‘tkazgan bo‘lsangiz, chekni baribir yuboring — tekshirib, buyurtmani tiklaymiz.

Buyurtmani bekor qilsa bo‘ladimi?

Ha, «Ishlab chiqarish» bosqichigacha. @looom_design_bot ga yozing — to‘langan summani qaytarish tartibini shu yerda kelishamiz.

Qaytarish mumkinmi?

Printli kiyim siz uchun tayyorlanadi, shuning uchun faqat ishlab chiqarish nuqsoni yoki tasdiqlangan maketga mos kelmasa almashtiramiz. Printsiz kiyimni 14 kun ichida qaytarish mumkin.

Qanday rasm yuklasam bo‘ladi?

PNG, JPG yoki HEIC, 15 MB gacha. Bosma maydoni 30 × 40 sm. Rasmdan foydalanish huquqingiz bo‘lishi kerak.

Ranglar ekrandagidek chiqadimi?

Matoga bosishda odatiy kichik farq bo‘lishi mumkin.

Javob topmadingizmi?Telegram: @looom_design_bot — ish vaqtida tez javob beramiz